AUTIGEN MINERALLAR (Yun authigenes — joyida hosil bo’lish, o’ziga xos) — cho’kindi jinslar minerallari, sedimentasiya yoki cho’kindining o’z joyida qayta o’zgarishi natijasida vujudga keladi. Autigen minerallar terrigen minerallar, ya’ni quruqlikdan yuvilib keltirilgan chaqiq minerallarning aksi sifatida ta’riflanadi. Autigen minerallar ko’pincha yaxshi kristalli shaklga ega. Turli karbonatlar, eruvchi tuzlar, ruda minerallari, qisman kvars, barit, tselestin, dala shpati, tseolitlar va boshqa autigen hisoblanadi. Autigen minerallar cho’kindi tog’ jinsining sedimentatsiya sharoiti va uning keyingi o’zgarishini ko’rsatadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish