AUKSANOMETR (Yunoncha aixapb – o’saman va metreo) — o’simliklarning bo’yiga o’sishini o’lchaydigan asbob. Tuzilishiga ko’ra bir necha xilga bo’linadi. Eng oddiy Auksanometr darajalarga bo’lingan yoy bo’yicha harakatlanuvchi uzun, yengil mil mahkamlangan gorizontal o’q va yukchali ip o’tkazilgan g’ildirakdan iborat. Ipning bir uchi o’simlikka bog’lab qo’yiladi, o’simlik o’sganda mil buriladi va milning harakati shkala bo’yicha hisoblanadi. G’ildirakka mil o’rniga ko’zgu mahkamlanishi ham mumkin. Avtomatik yozib oladigan moslamali Auksanometrga auksanograf deyiladi. O’simliklarning o’sishini qayd qilishda sekinlashtirib kinoga olish eng qulay usul hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish