ATTRAKTSION (Fransuzcha attraction — tortilish) — 1) tsirk tomoshasi. Dastlabki mexanika va fizika yutuqlari asosida ko’rsatilgan tsirk nomerlari Attraktsion deyilgan. Hozir muayyan g’oya va mazmun asosida bir biri bilan bog’liq tsirk tomoshalari dasturi Attraktsion deyiladi; 2) madaniyat va istirohat bog’lari, bolalar saroylari, umuman ommaviy sayil joylarida ko’ngil ochish uchun o’rnatilgan qurilma (charxpalak, karusel va kema-arg’imchoq va boshqalar).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish