ATTIKA — qadimgi O’rta Yunonistonning Janubiy-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga ko’ra, Afina atrofida Attikaning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir bo’lgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga cho’zilgan. Miloddan avvalgi 6-asrga kelib Afina Attikada mutlaq iqtisodiy va siyosiy ustunlikka erishgan. Hozirgi Gretsiyada Attika shu nomdagi ma’muriy-hududiy birlik — nom (markazi — Afina).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish