ATONALLIK



ATONALLIK (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va tonal — ton) — tonalliknm, aniqrog’i musiqaning lad asosini inkor etish bilan bog’liq keng ma’nodagi atama, Avstriya skripkachisi va kompozitori R. Kolish (1896-1978) tomonidan aynan skripkada noaniq ijroga nisbatan ilk bor qo’llanilgan. Musiqa san’atining ob’yektiv asoslarini, musiqiy hamohangliklar tabiatini va garmoniya qonunlarini inkor etadi hamda tovushlarning ixtiyoriy birikmalari yoki muayyan kompozisiya tizimlari (masalan, dodekafoniya qoidalari) bilan almashtiradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz