ATOMIZM
ATOMIZM (Yunoncha atomon — bo’linmas) — hamma narsalar mustaqil element (atom)lardan tuzilgan, barcha narsaning sodir bo’lishi bu elementlarning aralashishi, birlashishi va bo’linishiga asoslanadi, deb hisoblaydigan ta’limot. 19 – asr oxirigacha Atomizm materiya alohida bo’linmas zarralar — atomlardan tashkil topgan deb uqtirib keldi. Hozirgi Atomizm nuqtai nazaridan elektronlar — elektr “atomlari”, fotonlar — nur “atomlari” va hokazolardir. Yanada kengrok, ma’noda Atomizm ob’yektning diskret (dona-dona), jarayonning, xossaning uzlukliligini bildiradi. Bu ta’limot materiyaning so’nggi, o’zgarmas mohiyati mavjudligini inkor etadi, uning miqdor va sifat jihatdan nihoyasizligiga asoslanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz