ATOM SOATI



ATOM SOATI (kvant soati) — vaqtni o’lchashda ishlatiladigan qurilma. Atom soatida vaqtni o’lchash uchun o’zgarmas davriy jarayon sifatida atomlarning xususiy tebranishlaridan foydalaniladi. Atom soatida “mayatnik” vazifasini atomlar bajaradi. Atomlar bir energiya sathidan ikkinchi energiya sathiga o’tganda ularning nurlanish chastotasi Atom soati yurishini rostlab turadi. Atom soati vaqtni astronomik usullardagidan ham aniqroq o’lchashga imkon beradi (xatolik 10~” — 10~13). Hozir qo’llanilayotgan atom etalonlarida tseziyning atom dastalaridan foydalanilmoqda.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz