ATOLL (maldivcha atolu so’zidan) — halqasimon marjon orollari. Ochiq dengizlarda uchraydi. Atoll cho’kkan vulqon orollari qirg’og’idagi marjon riflaridan paydo bo’lgan. Tropik kengliklarda ochiq dengizda, ayniqsa tinch okeanning Markaziy qismida, ba’zida arxipelag tarzida uchraydi. Ko’pincha Atoll halqasi ichidagi suv (chuqurligi 100 metrdan oshmaydi) dengiz bilan tutashib, qo’ltiq hosil qiladi. Ular uncha katta bo’lmaydi, faqat ayrimlari halqasining diametri 50 kilometr va undan oshadi. Ba’zi Atoll qo’ltig’i kemalar to’xtashi uchun qulay.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish