ATMOSFERA OPTIKASI



ATMOSFERA OPTIKASI – geofizikaning Quyosh, oy va boshqa yoritqichlardan Yer atmosferasini yorib o’tib kelayotgan nur oqimlariga oid hodisalarni o’rganadigan bo’limi. Atmosfera optikasi asosan, yorug’lik nurlarining sinishi tufayli osmon gumbazida yoritqichlarning o’rni siljiganday bo’lib ko’rinishi, yorug’lik nurlarining yutilishi, sochilishi va ob-havo hodisalari bilan bog’liq bo’lgan optik hodisalar (tong shafag’i, Kamalak, sarob hodisalari) ni o’rganadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz