ATLANTIKA OSTONASI
ATLANTIKA OSTONASI – Atlantika okeani tubining Grenlandiya, Islandiya, Farer va Shetlend orollari oralig’idagi ko’tarilib qolgan qismi. Chuqurligi okean sathidan 600 metr. Atlantika ostonasi Atlantika okeani bilan shimoliy Muz okeanining chuqur qismlaridagi suvni bir-biriga o’tkazmaydi. Shimoliy Atlantika oqimining iliq va sho’r suvlari Atlantika ostonasi orqali Norvegiya dengiziga, asosan Islandiya va Shetlend orollari oralig’idagi bo’g’ozdan o’tadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz