ATK Mohun Bagan FC





ATK Mohun Bagan FC (bengalcha talaffuzi eˈtiˈke ˌmohɔn ˌbagˈan)— Gʻarbiy Bengaliyaning Kalkutta shahrida joylashgan hind professional futbol klubi. Klub hind futbolining oliy ligasi hisoblangan Hindiston Superligasida ishtirok etadi. Ularning zaxira jamoasi koʻpincha Kalkutta futbol ligasida qatnashadi. Mohun Bagan AC koʻplab sport klublarining futbol boʻlimlaridan biri va ATK FC oʻrtasida qoʻshilish natijasida tashkil etilgan. Klub 2020-2021-yilgi mavsumdan boshlab ATK Mohun Bagan FC sifatida oʻynay boshladi. Tashkilot Mohun Bagan ACni AIFF va IFA (W.B.) da roʻyxatdan oʻtkazdi va uning tarixi va anʼanalarini davom ettirmoqda.


ATK Mohun Baganning asosiy egasi RPSG guruhi raisi Sanjiv Goenka, shuningdek, Sourav Ganguli, Utsav Parex va Mohun Bagan AC hammualliflari sifatida xizmat qiladi. ATK Mohun Bagan Mohun Baganning azaliy shahardagi raqibi Sharqiy Bengal bilan Boro Match deb nomlanuvchi shiddatli raqobatni ancha yillardan beri davom ettirmoqda. Birinchi derbi oʻyini 1921-yil 8-avgustda oʻtkazilgan. Dengizchilar Keralaning yirik klublari bilan ham jiddiy raqobatga ega; yaʼni Gokulam Kerala va Kerala Blasters jamoalariga qarshi.




Klub tarixi



1889-yil 15-avgustda Mohun Bagan Athletic Club Shimoliy Kalkuttaning uchta mashhur aristokrat bengal oilalari — Mitra oilasi, Basu oilasi va Sen oilasi homiyligida Mohun Bagan Sporting Club sifatida tashkil etilgan. Klubning birinchi eʼtiborga molik yutugʻi 1911-yil 29-iyulda oʻsha paytdagi Hindistondagi eng nufuzli futbol turniri hisoblangan IFA Shield finalida Sharqiy Yorkshir polkini magʻlub etganida qoʻlga kiritgan. Mohun Baganning gʻalabasi bilan u Qalqonni qoʻlga kiritgan birinchi mahalliy jamoa boʻldi, shuningdek, ushbu yutuq Hindiston mustaqillik harakati davrida millat ramzi boʻlib, Hindiston va Buyuk Britaniyadagi koʻplab gazetalarda sarlavhalarga aylandi. Klub oʻz tarixi davomida hind futboliga ulkan hissa qoʻshishda davom etdi va shu tariqa Bosh vazir Rajiv Gandining yuz yillik tadbiridagi nutqida „Hindiston milliy klubi“ unvoniga sazovor boʻldi va hukumat tomonidan pochta markasi bilan taqdirlandi.


1996-yilda klub Hindistonning birinchi ichki ligasi hisoblangan Milliy Futbol Ligasining (NFL) asoschilaridan biri boʻlib, keyinchalik 2007- yilda ushbu musobaqa I-Liga nomini olgan.
1998-yilda United Spirits, Vijay Mallyaning shoʻba korxonasi United Breweries Group kompaniyasiga tegishli boʻlib, klub futbol boʻlimining 50 % ulushini sotib olish orqali Mohun Bagan bilan hamkorlikka kirishdi va United Mohun Bagan Private Limited nomli qoʻshma korxona tuzildi. Klub birinchi marta jamiyat maqomidan korporativ muassasaga aylantirildi va klubning futbol boʻlimi nomi shu tariqa McDowell’s Mohun Bagan FC ga oʻzgartirildi.


2014-yilda Butun Hindiston Futbol Federatsiyasi (AIFF) IMG-Reliance va Star Sports bilan birgalikda Hindiston Superligasi (ISL) franchayzing futbol ligasini ishga tushirdi. Franchayzing 2014-yil 7-may kuni Atletiko de Kolkata sifatida rasman ochilgan birinchi jamoa boʻldi va birinchi ISL gʻolibiga aylandi. Shu yili shuningdek, Mohun Baganning 125 yilligi nishonlandi, keyingi mavsumda ajoyib ishtirok etib, mavsum oxirida ular 2015-yil I-liga chempionligini qoʻlga kiritdilar. 2017-yilda franchayzing rebrending qildi. Oʻsha yili Mohun Bagan uzoq davom etgan ichki nizolar va sud jarayonlaridan soʻng United Breweries bilan hamkorlikni tugatdi.


2019-yilda I-liganing ikkita klubi 2022-yilga kelib ISLga qoʻshilishi haqida qaror qabul qilindi. Shu yili klubning 130 yiligi munosabati bilan Mohun Bagan eng qadimgi Pionerlar klubi safiga qoʻshildi. 2020-yil jamoa uchun ham muhim yil boʻldi, chunki Mohun Bagan beshinchi liga chempionligini qoʻlga kiritib, liga tarixidagi eng muvaffaqiyatli klubga aylandi va ATK Mohun Bagan uchinchi ISL finalida gʻalaba qozondi. ISL tashkilotchilarining Mohun Baganni qoʻshish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlaridan soʻng, ATKning egalik guruhi jamoani tarqatib yuborishga va Mohun Bagan futbol boʻlimining asosiy ulushini sotib olishga qaror qilib, ATK Mohun Bagan Private Limited nomli birlashgan tashkilotni tashkil qilishdi. Jamoa 2020-yil 10-iyulda, COVID-19 pandemiyasi tufayli bir oylik kechikishdan soʻng rebrending oʻtkazildi va ATK Mohun Bagan FC nomini oldi.



Mavsumlar



2020-2021



ISL uchun yangi tashkil etilgan jamoaning aksariyat oʻyinchilari hamda murabbiyi ATKning tarkibida qolishdi, jumladan, besh nafar xorijlik — Roy Krishna, David Williams, Edu García, Carl McHugh, Tiri hamda murabbiy Antonio López Habas. Klubning ISLdagi debyut mavsumidagi eng yirik imzosi hindistonlik faxriy himoyachi Sandesh Jhingan boʻldi. Ushbu davr mobaynida jamoani besh xil sardor boshqardi.




Klub ISL Premer-ligasining soʻnggi turda, shuningdek, ISL pley-off oʻyinlarida ikki bor yutqazdi, ikkalasi ham Mumbay Cityga qarshi oʻyinda sodir boʻldi, ammo ATK Mohun Bagan mavsum davomida eng koʻp ochko jamgʻargan klub boʻldi. Roy Krishna 23 oʻyinda 14 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi toʻpurari deb eʼlon qilindi va Arindam Bhattacharya 23 oʻyinning 10 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va mavsumning „Oltin qoʻlqop“iga sazovor boʻldi. ATK Mohun Bagan OFK kubogi guruh bosqichida ajoyib mavsumni oʻtkazdi, ammo oxir-oqibat hududlararo pley-off yarim finalida Qarshining Nasaf jamoasiga yutqazdi.



2021-2022



2021-2022-yilgi mavsumda klub Kalkutta Premer-divizionini tark etdi, shuningdek, asosiy jamoa oʻyinchilari yoʻqligi va zaxira jamoa yoʻqligi sababli Dyurand kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2021-2022-yilgi mavsum boshlanishidan oldin ATK Mohun Bagan Pvt.Ltd.ning kompaniyasi va klubning asosiy egasi, hammualliflaridan biri Sourav Ganguly va raisi doktor Sanjiv Goenka bilan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun klubdagi direktor lavozimini tark etishga qaror qildi. Klub 2021-yilgi yirik transferlarni amalga oshirdi, jumladan, Liston Colaco 161 ming dollarga va Hugo Boumous 250 ming dollardan oshiqroq summaga xarid qilindi. ATK Mohun Bagan, shuningdek, finlandiyalik yarim himoyachi Joni Kauko bilan shartnoma imzoladi, u yaqinda UEFA Yero 2020 da oʻynagan edi. 19-dekabr kuni Goa prezidenti tomonidan ATK Mohun Bagan oʻz bosh murabbiyi Xuan Ferrando bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yilgi mavsum oxirida 15 ta magʻlubiyatsiz seriyasiga yakun yasagan holda Jamshedpurga magʻlub boʻldi va liga jadvalida 3-oʻrinni egalladi. ISL pley-off bosqichida ular yarim finalda Haydarobodga qarshi umumiy hisobda magʻlub boʻlishdi. Klub saralash pley-off bosqichi orqali osonlik bilan OFK kubogi guruh bosqichiga yoʻl oldi va yakunda hududlararo pley-off yarim finaliga yoʻllanma oldi.



Klub madaniyati



Klub logotipi



Mohun Baganning yelkanli qayigʻi va uning yashil-toʻq qizil ranglari yangi birlashtirilgan konsorsium tomonidan klub logotipida saqlanib qolgan. Yelkanli qayiq Mohun Baganning joylashgan joyini bildiradi: Shimoliy Kalkutta, Gang daryosi boʻyida. Aslida Kalkutta 19-asr oxirida poytaxt va Britaniya Hindistonining asosiy savdo markazi boʻlib, u yerda asosiy transport turi suv yoʻllari orqali amalga oshirilgan. Logotipning boshqa ranglari Mohun Baganning eng qadimgi choʻqqi dizaynidagi sundarbanlar tasviri bilan bogʻliq.



Ranglar



Klubda 2020-yil 10-iyuldagi qoʻshilishdan keyingi oʻzgarishlardan soʻng boʻlib oʻtgan birinchi direktorlar kengashi yigʻilishida rasmiy klub ranglari sifatida Mohun Baganning anʼanaviy ranglari — yashil va toʻq qizil ranglarini saqlab qolishi eʼlon qilindi.


2020-2021-yilgi mavsumdan boshlab klub uy uchrashuvlari uchun liboslarning rasmiy taqdimotida chiqarilgan toʻplamlardan biri, Mohun Baganning anʼanaviy formalariga amal qilgan holda yashil va toʻq qizil rangli uy libosi va safarda oq rangli liboslardan mehmon jamoa libosi sifatida foydalanib kelmoqda. Toʻplam dizayni keyingi mavsumda ham davom ettirildi.


Jamoa uchinchi libosi 2020-yilning 29-dekabriga qadar amalda boʻldi. Qora va kulrang chiziqli libos jamoani Chennaiyin FCga qarshi maydonga tushirganiga qadar chiqarilmadi. Uchinchi toʻplam ATKning 2019-2020-yilgi safardagi ranglariga oʻxshash edi, u keyingi mavsumda bahslar va tarafdorlarning noroziliklari tufayli toʻxtatildi.



Egalik




Klub ATK Mohun Bagan Private Limited nomi bilan tanilgan konsorsiumga tegishli. RPSG Group asoschisi Dr.Sanjiv Goenka tashkilotning asosiy egasi hisoblanadi. Taniqli birja brokeri va biznesmen Utsav Parekh va Hindistonning sobiq kriketchisi va BCCI prezidenti Sourav Ganguli hammualliflar hisoblanadi. Ular birgalikda 80 % aksiyalarga egalik qiladilar. Bugungi kunga kelib ATK Mohun Bagan FCni Hindiston futbol federatsiyasi va Hindiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish davom ettirilmoqda.



Homiylar




Stadionlar



Vivekananda Yuba Bharati Krirangan




ATK Mohun Bagan uy uchrashuvlarini Kalkuttadagi Bidhannagar chekkasida joylashgan Vivekananda Yuba Bharati Krirangan, odatda Salt Leyk stadionida oʻtkazadi. Gʻarbiy Bengaliya hukumatining Yoshlar ishlari va sport boʻlimiga qarashli koʻp maqsadli stadion, asosan, vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladigan yengil atletika tadbirlaridan tashqari, futbol oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Stadion 1984-yilda qurilgan, asosan Kalkutta derbisi kabi oʻyinlar oʻtkazilgan unda tomoshabinlar juda koʻp boʻlgan, juda koʻp vaqt mobaynida maydon sigʻimi tomoshabinlar talabiga javob bermagan. 2011-yilda rekonstruksiya qilindi.



Mohun Bagan Ground



Shaharning Maydon va Eden bogʻlari roʻparasida joylashgan Mohun Bagan Ground Mohun Baganning futbol boʻlimiga tegishli. Tarixiy jihatdan bu stadionda klub muntazam ravishda yirik turnirlar va koʻplab muhim oʻyinlarni oʻtkazish uchun foydalanib kelgan. 1977-yilda stadionga projektor oʻrnatildi va ular birinchi marta 1977-yil 10-fevralda Toshkentning Paxtakor jamoasiga qarshi koʻrgazmali oʻyinda ishga tushirildi. 2017-2018-yilgi mavsumdan boshlab stadion modernizatsiya qilingandan soʻng Mohun Baganning I-liga uy oʻyinlari uchun foydalanilgan.



Oʻyinchilar



Birinchi jamoa tarkibi



8 Iyul 2022

Hozirgi texnik xodimlar



Hozirgi murabbiylar shtabi




Hozirgi boshqaruv aʼzolari





OFK musobaqalaridagi chiqishi



ATK Mohun Bagan FC sifatida




Rekordlar va statistika



Eng yaxshi toʻpurarlar



24-may, 2022-yil(2022-05-24) holatiga koʻra







| width="50%" align="left" valign="top" |



Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz