ATIRGUL MOYI
ATIRGUL MOYI — efir moyi; tiniq moysimon xushbo’y sarg’ish suyuqlik. Zichligi 950 — 990 kg/m3 (20° da). Atirgulning, asosan qozonlik (Bolgariyadagi shahar nomidan) atirgulning gulbargini suv bug’i bilan haydash yoki uchuvchan organik erituvchilar (petroley efiri, benzol, etil spirt va boshqalar) vositasida olinadi. Suv bug’i bilan haydash usuli ko’proq qo’llaniladi. 1 kilogramm moy 2 — 5 tonna gulbargdan olinadi. Atirgul moyi tarkibiga 200 dan ortiq komponentlar (feniletil spirti, terpen spirtlari — tsitronellol, nerol, geraniol, linalool va ularning efirlari, alifatik aldegidlar va boshqalar) kiradi. Atirgul moyining spirtda erimaydigan qismi (taxminan 5%)ni stearoptenlar (parafin uglevodorodlari) tashkil qiladi. Yuqori sifatli atirlar tayyorlashda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz