ATETOZ



ATETOZ (Yunoncha athetos — vaziyatsiz) — kalavlanib yurish. Qo’l, oyoq, hatto yuz va til muskullarining uzluksiz chuvalchangsimon qimirlab, buralib qisqarishi. Asosan qo’l-oyoq barmoqlarida uchraydi. Atetoz miyaga qon quyilgandan keyin, miya o’smasida, ba’zan tutqanoq tutganda, bosh miyaning ekstrapiramid doiralariga qarashli to’qimalarida (striar sistema) ro’y beradi. Atetozda panja muskullarining tonusi oshib ketadi va chuvalchangsimon harakatda bo’ladi. Masalan, bir barmoq bukilsa, ikkinchisi yozila boshlaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz