ATAUALPA



ATAUALPA (taxminan 1500-1533.29.8, Kaxamarka) — inklar hokimi. Otasi — Uayn kapak vafotidan (1530) so’ng birodari Uaskar bilan hokimiyat uchun qurolli kurash olib borib taxtni egallagan. 1532 yil mamlakatga F. Pisarro rahbarligidagi ispan konkistadorlari kelganlar. O’sha yiliyoq Ataualpa ispan bosqinchilari tomonidan asir olingan. Uni ulkan tovon evaziga ozod qilishga va’da berishgan. Biroq tovon puli to’planib ispanlarga topshirilgach, ispanlar bergan va’dalaridan kechib Ataualpani “sud” qilib qatl etganlar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz