ATAPASKLAR (atabasklar, o’zlarini dene deb ataydilar) — AQSh va Kanada rezervatsiyalarida yashovchi indeys xalqlari (navaxlar, apachilar, chipevaylar, kuchinlar va boshqalar) guruhi. Umumiy soni 220 ming kishi (1992), shundan 210 ming kishi AQShda. Atapask tilida so’zlashadilar. Dindorlari xristian (protestantlar, katoliklar) dinida. Atapasklar chorvachilik, dehqonchilik hamda ovchilik bilan shug’ullanadilar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish