ATAKSIYA (Yunoncha ataxia — harakat tartibsizligi) — harakat koordinatsiyasining buzilishi. Harakat vaqtida muvozanatning o’zgarishi, tartibsizlanishi. Bemor xuddi mayet odamga o’xshab gandiraklab zo’rg’a yuradi. Ataksiyada faqat oyoq emas, qo’llar harakati ham tartibsiz, bir-biriga moslashmay qoladi. Kasallik asosan miyacha, orqa miyadan miyachaga o’tadigan yo’llar, vestibulyar nerv tolasi va yadrosi yoki orqa miya orqa qismining, bosh miya peshona qismining zararlanishida kuzatiladi. Bemor yurib ketayotganida tez burila olmaydi, qadam tashlaganida oyoqlari oldin ketib, tanasi orqada qoladi va yiqilib tushishi mumkin. U Ataksiyaga sabab bo’lgan omillarni bartaraf etish yo’li bilan davolanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish