ATABASKA



ATABASKA — Kanadaning g’arbidagi ko’l, Makenzi daryosi sistemasida. Chuqurligi 60 metrgacha, maydoni 7,9 ming kilometr kvadrat. Sharqdan g’arbga tomon oy shaklida cho’zilgan. Shimoliy qirg’oqlari baland, qoyali, Janubi— pasttekislik. Oktabr oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Ko’lga Atabaska daryosi quyiladi. Undan qullar daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kemalar qatnaydi. Atabaska hududida uran rudasi konlari topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz