ASUNSON — Paragvay Respublikasining poytaxti. Aholisi 608 ming kishi (1990). Paragvay daryosining chap sohilida. 1537yilda barpo etilgan. 17- asr boshlarigacha Ispaniya mustamlakasi markazi bo’lgan. 1811 yilda Asunsonda Paragvay mustaqilligi e’lon qilingan. Asunson Paragvayning asosiy porti, sanoat, savdo markazi va transport tuguni. Milliy universitet (1889) va boshqa universitetlar, muzeylar bor. To’qimachilik va ko’n poyabzal fabrikalari, tegirmonlar, qand-shakar va spirtarak zavodlari, kemasozlik korxonasi, kushxona mavjud. Neftni qayta ishlash zavodi bor. Mamlakat eksportining 75%, importining 90% Asunson porti orqali o’tadi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Botanika bog’i bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish