ASTRONOMIYA – GEODEZIYA TARMOG’I



ASTRONOMIYA – GEODEZIYA TARMOG’I — bir-biridan taxminan 70— 100 kilometr uzoqlikda joylashgan astronomiya-geodeziya punktlarining o’zaro bog’langan tizimi. Ana shunday punktlarning geografik koordinatalari masofa va burchaklarni geodezik o’lchashdan, astronomik kuzatishlardan topiladi. Astronomiya-geodeziya punktining geografik kenglamasi, uzunlamasi va azimutini geodeziya usullarida o’lchanadi, so’ngra yerni aylanma ellipsoid deb faraz qilib, astronomik kuzatishlardan olingan ma’lumotlarga taqqoslanadi. Ikkala usulda olingan natijalar farqi qabul qilingan ellipsoidning geoiddan farqini ifodalaydi. Uni hisobga olib yangi ellipsoid qabul qilinadi va shu yo’l bilan yerning haqiqiy shakli va o’lchamlariga yaqinlashiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz