ASTRONOMIK PUNKT



ASTRONOMIK PUNKT – astronomik kuzatishlardan kenglama va uzunlamasi hamda yo’naltirilgan predmet azimuti topilgan yer yuzasidagi nuqta. Ba’zi Astronomik punktlarda yuqoridagi u yoki bu parametr aniqlanmagan bo’lishi mumkin. Agar Astronomik punkt triangulyatsion punkt bilan mos tushsa va unda uch astronomik kattalik aniqlangan bo’lsa, u Laplas punkti deyiladi. I va II darajali triangulyasiyada Astronomik punkt har 70-100 kilometrda aniqlanadi. Oddiy Astronomik punktdan tashqari boshlang’ich Astronomik punkt ham bo’ladi. Ularda astronomik uzunlama alohida e’tibor va aniqlik bilan topiladi. Ular kuzatuvchining xususiy xatolarini aniqlash uchun xizmat qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz