ASSOMLAR (o’zlarini axomiya, assomiya deb ataydilar) — Hindistonning Assom shtatida yashovchi xalq, umumiy soni 14,55 million kishiga yaqin (1992), shundan 220 ming kishi Butanda yashaydi. Assom tilida so’zlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dini — hinduizm. Milodiy 1-ming yillik o’rtalarida bu yerda Kamarupa davlati mavjud bo’lgan. 13 – asrda Birmadan chiqqan axomlar uni bosib olib, o’z davlatlarini tuzganlar. Mamlakat va xalq nomi shundan olingan. Keyinchalik yerli xalq bilan aralashib, ularning tili va madaniyatini qabul qilganlar. Assomlar dehqonchilik, chorvachilik, qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanadilar, choy yetishtirish plantatsiyalari, neft sanoatida ham ishlaydilar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish