ASSA
ASSA (yuqori oqimida — ters) — Qozog’iston Respublikasining Jambul viloyatidagi Daryo. Uzunligi 253 kilometr, havzasining maydoni 9210 kilometr kvadrat. Qoratov tizmasidan boshlanib, Talas daryosidan g’arbroqda Mo’yinqumga singib ketadi. Qor, muzlik, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi tog’dan chiqaverishda 12 m/sek. Suvi sug’orishga sarflanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz