ASROROV QUDRAT



ASROROV QUDRAT (1953.29.7, Surxondaryo viloyati Sherobod shahri) — musavvir-kulol. O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). Asrorov ijodida Surxon vohasining mehnatkash xalqi, go’zal tabiati o’z aksini topgan; milliy kulollik san’atini rivojlantirdi (ko’za, guldon, xum va boshqalar), yangi shakl va mavzular bilan boyitdi. Ayniqsa, “G’ijjakchi”, “Doirachi”, “Surnaychi”, “Rubobchi”, “Buvi”, “Ip yigiruvchi”, “Ayol” va boshqa asarlarida milliylik ufurib turadi. Asrorov asarlari bilan respublika va xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya va boshqalar) ko’rgazmalarida ishtirok etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz