ASQAROVA SALIMA (1922.29.5 – Toshkent — 1997.16.4) — mikrobiolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari Doktori (1971), professor (1973). Tolali o’simliklar tajriba stansiyasi (1956 — 58), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti (1960 — 63) Direktori, Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1971 — 83), shu institutda biologiya kafedrasi mudiri (1983 — 86), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida ilmiy konsultant (1988 yildan). Ilmiy ishlari aktinomisetlarning hayot faoliyatiga, ularning O’zbekistonning asosiy tuproqlarida ekologik-geografik tarqalish qonuniyatlarini va aktinomisetlarantagonistlar tarqalishining amaliy muhim xususiyatlarini aniqlashga hamda ularning g’o’za kasalliklari (vilt, gommoz, ildiz chirishi va boshqalar) ning qo’zg’atuvchilari bilan o’zaro munosabatini o’rganishga bag’ishlangan. Shuhrat medali bilan mukofotlangan (1995).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
ASQAROVA Salima – o‘zbek shaxsining ismi va familiyasidir. Ammo ushbu ism va familiyaga oid aniq ma’lumotlar yoki biografik tafsilotlar mening ma’lumotlar bazamda mavjud emas. Agar siz ushbu shaxs haqida batafsilroq ma’lumot, uning faoliyati, kasbi yoki boshqa aniq sohalarda ma’lumot so‘ramoqchi bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bering. Shunda men sizga yanada to‘liqroq va aniqroq javob bera olaman.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish