ASQAROV MUHAMMADVALI, Vali qori (1909 — Toshkent — 1949) — o’ymakor usta, duradgor. O’ymakorlik san’atini otasi Asqar hoji va amakisi Sulaymon Xo’jayevdan o’rgangan. Asqarov bag’dodi o’ymakori eshiklar, kursi va boshqa badiiy buyumlar tayyorlagan, ayniqsa, pargari o’yma naqshni mohirlik bilan bajargan. Asqarov tayyorlagan (1940, S. Xo’jayev bilan birgalikda) sakkiz qirrali xontaxta O’zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish