ASQAROV AHMADALI (1935.25.9, Namangan viloyati, Uchtepa qishlog’i) —arxeolog-tarixchi olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1987), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1995), tarix fanlari Doktori (1978), professor (1990). Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1957), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti direktori (1970— 80; 1983-87), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutining direktori (1991 — 95), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo’limining akademiya kotibi (1987-92), raisi (1994-98). Asosiy ilmiy ishlari O’rta Osiyoda saqlanib qolgan moddiymadaniyat yodgorliklarini ochish va ularda arxeologik tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan O’zbekiston tarixini o’rganishga bag’ishlangan. O’zbekiston Respublikasi xalq deputati (1990-95). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish