ASPARAGIN



ASPARAGIN, H2NOCCH2CH(NH2) SOON — o’simlik organizmida azotli birikmalarning almashinishidan hosil bo’ladigan Asparagin kislota amidi. Molekulyar modda 132,12; rangsiz kristallar. Suvda, kislotalarda yaxshi eriydi, organik kislotalarda erimaydi. Asparagin — alifatik a – aminokislota. Ko’p oqsillarning tarkibiga kiradi. Sarsabil (Asparagus) poyalarida topilgan. O’simlik va hayvon to’qimalarida erkin holda uchraydi. Dukkakli o’simliklarning maysalarida ham to’planadi. Asparagin o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi. U oqsil hosil bulishi jarayonida vujudga kelgan ammiakni zararsizlantiruvchi va o’simliklarni azot bilan ta’minlovchi birikma hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz