ASOSLI TOG’ JINSLARI



ASOSLI TOG’ JINSLARI – magmatik jinslar. Kremniy oksidi bilan to’yinmagan va tarkibida kvars bo’lmagan jinslar. Asosli tog’ jinslarida kremniy oksidi 50 — 55% dan ortmaydi. Nordon tog’ jinslariga nisbatan kaliy, natriy kam, temir, kaltsiy, magniy esa ko’p. Mineral tarkibida asosli plagioklazlar ko’proq, ortoklaz, mikroklin esa kam. Bunday jinslarga gabbro, bazalt, diabaz va boshqalar kiradi. Asosli tog’ jinslari O’zbekistonda Janubiy Farg’ona, Turkiston, Tomdi, Sulton Uvays va Nurota tog’larida uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz