ASOSIY O’G’IT



ASOSIY O’G’IT — ekinlar ekilishidan oldin tuproqqa solinadigan o’g’it. Asosiy deb atalishining sababi shuki, uning tarkibida ayni uchastkaga mo’ljallangan oziq moddalarning ko’p qismi bo’ladi. Asosiy o’g’it butun vegetatsiya davrida o’simlikning oziqlanishini ta’minlaydi. Asosiy o’g’itni tuproq-iqlim sharoiti, o’g’itlarning xususiyati, xo’jalikda mavjudligi va boshqalarga qarab kuzda yoki bahorda solish mumkin. Odatda fosforli o’g’itlar umumiy miqdorining yarmidan ko’pi yoki 65 — 75%, kaliyli o’g’itlarning 50% va organik o’g’itlarning deyarli hammasi Asosiy o’g’it sifatida solinadi. Shudgorlashdan oldin faqat superfosfatna emas, ammofosni ham solish mumkin. Sho’r yerlarga o’g’itlar yer sho’ri yuvilganidan keyin solinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz