ASL METALLAR
ASL METALLAR — oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar (ruteniy, radiy, palladiy, osmiy, iridiy). Kimyoviy jihatdan turg’un, qiyin eruvchan (oltin, kumushdan tashqari), zanglamaydi, ulardan yasalgan buyumlar ko’rkamligi bilan ajralib turadi. Oltin, kumush va platinaning plastikligi yuqori. Bu metallarning shu xususiyatlari texnikada va hayotda keng ishlatiladigan qotishmalarida ham namoyon bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz