ASKOLD VA DIR
ASKOLD VA DIR — Kiyev knyazlari (9 – asr 2 – yarmi). Yilnomalarga ko’ra Ryurik boyarlari bo’lganlar. Askold va dir nomlari 10-asrda yashagan Arab tarixchisi Mas’ud asarlarida, shuningdek so’nggi davrlardagi yilnomalarda ham uchraydi (12-asr). Askold va dir Krivich va Polosk erlariga ikki marta yurish qiladi. Taxminan 866 yil Rusning Istanbulga yurishiga rahbarlik qilgan. Askold va dirni 882 yil Novgorod knyazi Oleg o’ldirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz