ASKLEPIY



ASKLEPIY (Yunoncha Asklepios) — yunon afsonasida tabobat xudosi, Apollon o’g’li. Asklepiy qadimdan tabiblar va doridarmon tayyorlovchilarning homiysi hisoblangan. Asklepiy ibodatxonalari shifoxona sifatida dong taratgan. Asklepiyga e’tiqod miloddan avvalgi 5 – asrdan boshlab kuchayib, ayniqsa Epidavr shahrida tarafdorlari ko’p bo’lgan. Miloddan avvalgi 3 – asrga kelib Asklepiyga e’tiqod Rimga ham yoyilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz