ASKAR
ASKAR -1) davlat va mamlakat muhofazasi yoki harbiy yurishlarda ishtirok etuvchi harbiy xizmatchi, qurolli jangchi; 2) davlatning qurolli kuchlari majmui yoki uning bir qismi; qo’shin. Arab tilining kuchli ta’siriga qaramay Askar istilohi O’rta Osiyo turkiy tillarida, xususan, o’zbek adabiy tilida asosan 15-asrdan cherik, sipoh, lashkar istilohlari qatori “qo’shin, lashkar” ma’nosida keng qo’llanishda bo’lgan. O’tgan asr oxirlaridan Askar ko’proq “jangchi, harbiy xizmatchi” ma’nosini ifodalash uchun ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz