ASINXRON GENERATOR – generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator harakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yunalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generatoroning sirpanishi manfiy bo’lib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish