ASIMPTOTIK CHIZIQ
ASIMPTOTIK CHIZIQ – sirt ustidagi chiziq; uning normal egriligi nolga teng. Bu chiziqning har bir nuqtasidagi yopishma tekislik sirtning shu nuqtasidan o’tuvchi urinma tekislik bilan ustma-ust tushadi. Sirtning har bir nuqtasidan o’tuvchi Asimptotik chiziq ayni nuqtaga urinma tekislikdan eng kam chetlashish yo’nalishida o’tadi. Umuman bunday asimptotik yo’nalishlar sirtning har bir nuqtasida ikkitadan (boshqaboshqa, ustma-ust tushadigan yoki mavhum) bo’ladi, demak, sirtning (yassimas sirtning) har bir nuqtasidan ko’pi bilan ikkitadan Asimptotik chiziq o’tadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz