ASIMO
ASIMO (yapon. アシモ,
ashimo) Honda Motor Company tomonidan yaratilgan odamsimon robotdir. Boʻyi 130 santimetr, vazni 52 kilogramm boʻlgan bu robot kichkina fazogirni eslatadi. ASIMO ikki oyoqda yurib, tezligini 6 km/soat gacha yetkiza oladi. U Honda'ning Wako Fundamental Texnik Tadqiqotlar Markazida (Yaponiya) yasalgan. Uning hozirgi nusxalari 1986 yilda boshlangan E0 loyihasining 11-avlodidir.
Rasman, ASIMO "
Advanced
Step in
Innovative
MObility" (Yangi Harakatlanishda Katta Qadam). Honda'ning rasmiy manbalari bu nomning Robotexnikaning Uch Qonuni muallifi, ilmiy-fantast yozuvchi Isaac Asimov bilan aloqasi yoʻqligini taʼkidlashadi. Qolaversa, yapon tilidagi ashimo soʻzi "oyoqlar ham", degan maʼnoga ega.
2007 yilga kelib, dunyoda 46 ta ASIMO nusxasi mavjud. Ularning har biri $1 million atrofida narxlanadi, baʼzi nusxalarini esa yiliga $166,000 evaziga ijaraga olish mumkin.
Shuningdek
Manbalar
uz.wikipedia.org