ASICS
ASICS — Yaponiyaning sport poyabzallari va kiyimlar ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi korporatsiyasilardan biri. Bundan tashqari, korporatsiya Onitsuka Tiger nomli modalar tarmog'iga ham ega.
Tarixi
ASICS kompaniyasining ilk faoliyati urushdan keyin 1949-yil 1-sentabrda Yaponiyada boshlanadi. Kixachiro Onitsuka (yaponcha: 鬼塚 喜八郎) urushdan keyingi og'ir davrda Yaponiya yoshlari uchun qanday yordam berish borasida bosh qotiradi va o‘z vatandoshlarini sport bilan ilhomlantirishga va ular uchun mutlaqo yangi sport brendini yaratishga qaror qiladi. Shunday qilib, Onitsuka Tiger brendi dunyoga keladi.
O'z faoliyatining dastlabki yillarida kompaniya faqat Yaponiya va Xitoyning ichki bozoriga mahsulot yetkazib beradi. Nike asoschilari Phil Knight va Bill Bowerman bu imkoniyatdan foydalanib, kompaniyadan krossovkalar sotib oladi va AQShda ularni qayta sotishadi. 1977-yilda kompaniyaning kengayishdan so'ng, Onitsuka Tiger nomi ASICS deb o'zgartiriladi, ya'ni "Anima sana in corpore sano"ning qisqartmasi, lotincha "Sog' tanda sog'lom aql" degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, Kobe shahrida yugurish poyabzallarini o'rganib chiqish va ularni loyihalash maqsadlariga qaratilgan sport tadqiqot instituti ham tashkil etilgan.
Hozirgi davr
ASICS hozirda sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalar orasida 5-o'rinni egallaydi.
2011-yil 31-mart holatiga ko'ra ASICS butun dunyo bo'ylab 5600 dan ortiq odamni ish bilan ta'minlagan.
Keyingi yillarda, kompaniya sport tovarlari (oyoq kiyimlari) ni sotish bo'yicha Yevropadagi eng yetakchi kompaniyaga aylandi.
Reklama homiyligi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org