ASHURMATOV ISLOM



ASHURMATOV ISLOM (1943.6.12— G’allaorol tumani — 1997.4.4) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). SamDUning fizika fakultetini tugatgan (1968). 1968-73 yillarda G’allaorol tumanidagi 25-maktabda, 1990 yildan 44-maktabda fizika o’qituvchisi, 1973-90 yillarda 26-, 44-maktabda direktor. Asurmatov pedagogik faoliyati davomida texnika vositalari va ko’rgazmali qurollar yordamida dars o’tishga alohida e’tibor bergan. U o’quvchilar bilan birgalikda 900 ga yaqin ko’rgazmali qurol tayyorlagan. Asurmatov maktabdagi fizika xonasini talab darajasida jihozlab, tumandagi namunali fan xonasiga aylantirdi. Asurmatov birinchilardan bo’lib test usulini qo’llagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz