ASHURALI MAHRAM (1825, Marg’ilon — 1863) — sozanda, xonanda, bastakor, mehtar, ipakdo’z. Xushovozligi bilan Farg’ona vodiysida va Toshkentda mashhur bo’lgan. Dovrug’i Qo’qonga yetgach, Xudoyorxon uni o’z saroyiga keltirgan va yaqin mahrami darajasiga ko’targan. Saroy hayotidan nafratlangan Ashurali Mahram do’stlar yordamida Toshkentga qochib, xalqqa xizmat qilishni davom ettirgan. Ashurali Mahram bastalagan maqom yo’llaridan to’rttasi (Dugoh-Husayn, Chorgoh, Bayot, Shahnozi-Gulyor) ayniqsa mashhur bo’lgan. Farg’onada sozlar taqiqlangan paytlarda yashagan Ashurali Mahram “Katta ashula”ning rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Toshkent va Farg’ona vodiysi xalq san’atkorlari orasida uning izdoshlari ko’p bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish