ASHTARXON XONLIGI (Astraxon xonligi) — Oltin O’rdaning inqirozi natijasida vujudga kelgan davlat. Poytaxti — Ashtarxon shahri (hozirgi Astraxon). 14-asrda Oltin O’rda amiri Hoji Cherkas Ashtarxon shahrini bosib olib, uni alohida mulkka aylantirgan, taxminan 1459-60 yillarda esa bu mulk uzil-kesil mustaqil bo’lib olgan. Ashtarxon xonligining birinchi hukmdori — katta O’rda xoni Ahmadning birodari Mahmud bo’lgan. Xonlikning taxminan hududi: Sharqda No’g’ay O’rdagacha, Janubda Terek, g’arbda Kuban va don daryolarigacha, shimolda saroy shahrigacha. Aholisi turkiyzabon qabilalardan iborat bo’lib, asosan ko’chmanchi chorvachilik, qisman baliq ovlash, ovchilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ashtarxon yaqinidan tuz qazib olingan. 1556 yil Ashtarxon xonligi rus qo’shinlari tomonidan bosib olingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish