ASHRAFIY UY-MUZEYI



ASHRAFIY UY-MUZEYI – yodgorlik muzeyi. M. Ashrafiy 1969-75 yillar Toshkentda yashab ijod etgan uy (Markaz — 1, 15-uy, 25-xonadon) da 1982 yil ochilgan. Muzey ekspozitsiyasi memorial xonalar va musiqa mehmonxonasidan iborat. Muzey jamg’armasida 10000 dan ortiq eksponat bo’lib, ular — surat va rasmlar, notalar, qo’lyozmalar, sovg’alar va kompozitorning shaxsiy kutubxonasidan iborat. Xonalardagi 700 dan ortiq eksponat M. Ashrafiyning kompozitorlik, pedagogik va jamoatchilik faoliyatini aks ettiradi. Muzeyning musiqa mehmonxonasida kompozitorlar bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va suhbatlar. kontsertlar o’tkaziladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz