ASHRAFIY
ASHRAFIY – 1) 14-asrda Eronda zarb etilgan oltin pul. Uni zarb qildirgan Chuponiy Malik Ashraf (1344-56) sha’niga shunday atalgan. Vazni bir misqoldan ortiq bo’lgan. 17-asrda 4-donakka, ya’ni 3,2 grammga teng bo’lgan. Arablarda dinor yoki qirsh, Balx va Movarounnahrda tanga deb atalgan; 2) 18— 19-asrlarda Buxoroda zarb etilgan oltin pul. Buxoro xonligining 18-19- asrlardagi agrar munosabatlariga oid tarixiy hujjat (Mirza Bade’ devonning “Majma al-arqom” asari) da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Ashrafiy 93% sof oltindan bir misqol og’irlikda zarb etilgan. Bir Ashrafiyning qiymati 19 ta kumush tangaga teng bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz