ASFALT



ASFALT — bog’lovchi qurilish materiali; bitumga mayda mineral to’ldirgich qo’shib tayyorlanadi. Asfaltning tabiiy (nisbatan kam uchraydi) va sun’iy xillari bor. Tabiiy Asfalt neftdan, gipergeneza (atmosfera) ta’sirida engil fraktsiyalarning bug’lanishi va oksidlanishi natijasida hosil bo’ladi. Sun’iy Asfalt, asosan, 13-60% neft bitumning ohaktosh kukuni bilan aralashmasidan tayyorlanadi. Asfalt gidroizolyatsiya materiali sifatida, pol va yo’llarga yotqizish, qoplamalar to’shash uchun qum, shag’al, chaqiq tosh bilan aralashtirib ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz