ASBEST QOG’OZ



ASBEST QOG’OZ — xrizotil-asbest tolasiga organik bog’lovchi moddalar va kraxmal qo’shib tayyorlanadigan material. Mustahkamlash uchun tarkibiga paxta tolasi qo’shiladi. Asbest qog’oz 0,2 — 1,5 millimetr qalinlikda rulon holida ishlab chiqariladi. Vazifasiga ko’ra, issiqlikdan izolyatsiyalovchi, elektrdan izolyatsiyalovchi, suvdan izolyasiyalovchi, diafragmaga ishlatiladigan, kalandrga ishlatiladigan xillarga bo’linadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz