ASBEST



ASBEST — Rossiya Federatsiya Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1933 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 84,9 ming kishi (1992). Asbest sanoati markazi (Bajenov asbest koni asosida). Asbest ruda boyitish kombinati, asbest texnikasi buyumlari zavodi, asbest ilmiy tadqiqot instituti, konchilik texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz