ASALXO’R
ASALXO’R (Mellivora capinsis) — suvsarlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 68 — 75 santimetr, dumi 17 — 20 santimetr. Oyoqlari kalta, panjalari keng bo’lib, kuchli tirnoqlari yerni kovlash uchun moslashgan. Junlari siyrak va qattiq. Tanasining pastki tomoni qora-oq, ustki tomoni oqish. Afrika, Old, O’rta va Jan. Osiyo (Hindiston)da tarqalgan. O’rta Osiyoda Turkmaniston Janubida uchraydi. Uyada hayot kechiradi, 3 — 4 ta bola tug’adi. Mayda umurtqalilar va hasharotlar, jumladan arilar va asal bilan oziqlanadi. Juda noyob, kam o’rganilgan, muhofaza qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz