ASALARI QUTISI — asalari oilasini boqish uchun maxsus jihozlangan quti. Yog’och taxtalardan yasaladi. Asalari boqiladigan qutilar 19-asr boshlarida yaratilgan. Asalari qutisining Dadan-Blatt, yotiq, Rut turlari bor. Dadan-Blatt qutisi asosiy uya qutisidan va bir yoki ikkita magazindan (qo’shimcha ustki qutidan) iborat. Kugiga eni 435 millimetr, bo’yi 300 millimetrli 12 rom, magazinlarga bo’yi 150 millimetrli 12 rom joylashadi. Yotiq Asalari qutisi – korpus va qopqoqdan iborat. 16 — 24 rom joylashadi. Rut Asalari qutisining tag poli sug’urib olinadigan bo’lib, quti va 1 — 2 magazindan iborat. Har qaysi qutiga va magazinga eni 435 millimetr va bo’yi 230 millimetr 10 rom joylashadi. O’zbekistonda, asosan, Dadan-blatt va Rut tik Asalari qutisidan foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish