“ASAKABANK”



“ASAKABANK” — O’zbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aktsiyadorlik tijorat banki. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra 1995 yil 7 noyabrda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida va Qoraqalpog’iston (Nukus shahri) da, Asaka, Qo’qon, shuningdek Toshkentda (“Avtotransport”) filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, “O’zDEUavto” qo’shma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), O’zbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari ko’rsatish, qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. Aktsiyadorlik kapitali summasi 5475, zaxira kapitali 2139, jami kapitali 8075; berilgan kreditlar 5001; ko’rilgan yillik foyda 667; jami aktivlari 18323 million so’m (1997 yil 1 yanvar).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz