ASAFEV BORIS VLADIMIROVICH



ASAFEV BORIS VLADIMIROVICH [taxallusi — Igor Glebov, 1884. 17 (29). 7, Peterburg — 1949.27.1, Moskva] — rus musiqashunosi, kompozitor. Akademik (1943). Peterburg universitetini (1908), Peterburg konservatoriyasini (1910) tugatgan. Musiqa tarixiga oid asarlar (masalan, “Glinka” kitobi, 1947), musiqa (xususan intonatsiya) nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar (jumladan “musiqa shakli jarayon sifatida”, 1971, 2-nashri) muallifi. 28 balet, 11 opera, 4 simfoniya va boshqa asarlar yaratgan. Turkiston xalqlari, xususan, o’zbek, qozoq musiqasini ilmiy tahlil etgan. O’zbek musiqa merosi haqida (“Oshiq g’arib” baletini yaratish jarayonida, 1940; ikki jiddlik “O’zbek xalq qo’shiqlari” bilan tanishganidan so’ng, 1939) qimmatli fikrlar biddirgan. Asatining asarlari (masalan, “Boqchasaroy favvorasi”) o’zbek sahnasida qo’yilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz