ASADOV MIRUMAR



ASADOV MIRUMAR (1927, Samarqand shahri) — me’morlik yodgorliklarini ta’mirlovchi usta, O’zbekiston qahramoni (1996). Samarqand yodgorliklarni ta’mirlash bilim yurtini tugatgan (1941). Tojikiston davlat untida o’qigan (1962 — 65). Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli opera va balet teatri binosi qurilishida (1947), Tojikistondagi qator yodgorliklarni ta’mirlashda ishtirok etgan (1950 — 55). Asadov Samarqand shahridagi Ulug’bek madrasasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Tillakori madrasa, shuningdek Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband maqbarasi, Toshkentdagi Yunusxon madrasasi va Qaldirg’ochbiy maqbarasini ta’mirlashda qatnashgan. Asadov aka-ukalari usta Mirusmon, usta Mirsaidlar bilan birga tarixiy obidalarni ta’mirlovchi ustalar sulolasini tarbiyaladi. Asadov Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz